Buxoro 2027-yilda YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmog‘i konferensiyasiga mezbonlik qiladi

O'zbekiston

Buxoro 2027-yilda YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmog‘ining 19-yillik konferensiyasiga mezbonlik qiladi. U Markaziy Osiyo, MDH va Turkiy davlatlar taşkilotida UCCN global konferensiyasini qabul qiladigan ilk şahar böladi. Bu tanlov Özbekistonning xalqaro madaniy hamkorligini mustahkamlaydi.

Buxoro 2027-yilda YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmog‘i konferensiyasiga mezbonlik qiladi
Konferensiya taşabbusini Prezident Şavkat Mirziyoyev 2025-yil 30-oktabr kuni Samarqandda YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi oçilişida ilgari surgan. Sessiya 40 yil içida ilk bor Parijdan taşqarida ötkazilgan edi. Buxoroning tanlanişi uşbu taşabbusning davomi va mamlakat madaniy salohiyatining xalqaro e’tirofidir.

Buxoro 1993-yilda YUNESKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan, 2023-yilda YUNESKO hunarmandçilik va xalq san’ati şahri maqomini olgan. Shaharning zardözlik, kulolçilik, zargarlik va yoğoç öymakorligi an’analari madaniy merosni asraşni zamonaviy ijodiy iqtisodiyot bilan uyğunlaştiradi.

Konferensiya 2027-yil 3-sentabrdan 21-noyabrgaça ötadigan ikkinçi Buxoro biennalesi bilan bir vaqtda bölib ötadi. Badiiy rahbar — Kulapat Yantrasast. 2025-yildagi biennale ön haftada 70 dan ortiq zamonaviy san’at loyihasini namoyiş etib, 1,8 milliondan ziyod taşrifçini jalb qilgan. Xalqaro rassomlar va kuratorlar mahalliy ustalar bilan hamkorlikda an’anaviy hunarmandçilik va zamonaviy san’at örtasida muloqot yaratgan.

Ikki tadbir ijodiy şaharlar vakillari, ekspertlar va madaniyat arboblarini birlaştirib, tajriba almaşiş va xalqaro şeriklik uçun imkoniyatlarni kengaytiradi. Bu taşabbuslarda Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi (ACDF) rol öynaydi. U merosni asraş, zamonaviy san’atni qöllaş va mamlakat madaniyatini xalqaro maydonda tarğib etişga xizmat qiladi.

Konferensiya sanalari va dasturi keyinroq e’lon qilinadi. 2004-yilda tuzilgan YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmoği ijodkorlik va madaniy industriyalarni barqaror şahar rivojining omili deb biladigan şaharlar hamkorligini rivojlantiradi. Bugun tarmoq 408 şaharni birlaştiradi. Yillik konferensiya tajriba almaşiş, şeriklikni rivojlantiriş va madaniyatning şaharlar taraqqiyotidagi rolini muhokama qiliş maydonidir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing