Prezidentimiz yoʻl xoʻjaligi sohasidagi yangi ilmiy-amaliyot markazini koʻzdan kechirdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliyot markaziga tashrif buyurib, muassasa faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor tajribani taʼlim jarayoniga tatbiq etish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining mazkur markazi ham ana shu maqsadda tashkil etilgan. U yoʻl xoʻjaligida ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi avlod muhandislarini tayyorlashga xizmat qiladi. Umumiy maydoni 2,7 gektar boʻlgan majmuada 80 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan.
Markazning oʻquv poligonida avtomobil yoʻllarining konstruksiyalari va asosiy elementlari haqiqiy oʻlchamlarda aks ettirilgan. Bu yerda mutaxassislar va talabalar yoʻl toʻshamasi qatlamlari, yoʻl belgilari, xavfsizlik toʻsiqlari, suv qochirish tizimlari, koʻpriklar hamda suv oʻtkazish quvurlarining tuzilishi va vazifalarini amaliyotda oʻrganishi mumkin.
Poligonda I-V texnik toifalarga mansub avtomobil yoʻllarining geometrik parametrlari, ularga mos sement-beton, issiq va sovuq asfalt-beton, shagʻal hamda chaqiqtosh qoplamalari namoyish etilgan. Jami 75 turdagi yoʻl elementlari jamlangan.
Majmuada maxsus texnika parki ham barpo etilgan. Unda yoʻl-qurilish mashinalari, yoʻl qatlamlarini diagnostika qilishga moʻljallangan koʻchma laboratoriya, sunʼiy intellekt asosida ishlovchi kuzatuv va vazn oʻlchash tizimlari bilan jihozlangan transport vositalari mavjud. Bu yerda zamonaviy texnikaning ishlash tamoyillari va undan foydalanish usullari oʻrgatiladi.
Majmua tarkibidagi Vaziyat markazida avtomobil yoʻllarining texnik holati, transport harakati, ob-havo sharoiti, qurilish va taʼmirlash ishlariga oid maʼlumotlar yagona raqamli tizimda jamlanadi va tahlil qilinadi.
Markaz qoʻmitaning 7 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu yerda RAMS tizimi orqali 42,4 ming kilometr avtomobil yoʻlining texnik holatini baholash, sunʼiy intellekt yordamida yoʻl qoplamasini tahlil qilish, WIM tizimi orqali transport vositalarining ogʻirligini oʻlchash, yoʻl-qurilish texnikasi harakatini GPS orqali kuzatish va pulli yoʻllardagi toʻlovlarni onlayn nazorat qilish imkoniyatlari yaratilgan.
Ayni paytda markazning 9 nafar operatori xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yoʻlining Qamchiq dovoni orqali oʻtuvchi 100 kilometrlik qismini real vaqt rejimida kuzatib bormoqda.
Masʼul vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya orqali yoʻllardagi vaziyatni avtomatik tahlil qilish, xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va tezkor ogohlantirish mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan.
Mutaxassislar malakasini oshirish va talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun interfaol vositalar bilan jihozlangan 3 ta oʻquv xonasi va ilmiy kutubxona tashkil etilgan.
Yoʻl-qurilish materiallarini tadqiq etish va sinovdan oʻtkazishga moʻljallangan 3 ta zamonaviy laboratoriya ish boshlagan. Ularda asfalt-beton, sement-beton, inert materiallar va bitumning xususiyatlari oʻrganiladi. Hozirda bu yerda 15 nafar olim va 5 nafar izlanuvchi ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Prezidentimiz majmuadagi “Vaqt magistrali” muzeyi bilan ham tanishdi.
Bu yerda Oʻzbekiston yoʻl xoʻjaligining shakllanishi va rivojlanish tarixiga oid 107 ta eksponat, turli davrlarda qoʻllanilgan qurilish materiallari, texnologiyalar hamda noyob muhandislik yechimlari namoyish etilgan.
Oʻtgan asrga oid yoʻl-qurilish mashinalari ham jamlangan boʻlib, ularning tarixi va vazifalari haqida interfaol ekranlar orqali uch tilda maʼlumot olish mumkin.
Davlatimiz rahbari markaz imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yoʻl xoʻjaligi uchun malakali muhandis va mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni sohaning amaliy ehtiyojlariga yoʻnaltirish, yoʻl qurilishi sifati va ekspluatatsiya samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni keng qoʻllash muhimligini taʼkidladi.
Shu yerning o‘zida avtomobil yo‘llari sohasida yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy investorlar bilan suhbat bo‘ldi.

Powered by Froala Editor