Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Turkiyada boʻladi

O'zbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida ishtirok etish uchun 10-11-noyabr kunlari Antaliya shahrida boʻladi.

Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Turkiyada boʻladi
Iqlim boʻyicha global sammitda davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari hamda yuqori darajadagi delegatsiyalar ishtirok etadi.

Anjuman kun tartibidan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli konvensiyaning asosiy qoidalarini roʻyobga chiqarish, zamonaviy ekologik xatar va tahdidlarga qarshi kurashish hamda “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surish borasida keng koʻlamli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Davlatimiz rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston BMTning Hadli konvensiyasiga 1993-yilda qoʻshilgan. 2018-yilda mamlakatimiz Parij bitimining ishtirokchisiga aylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing