Mirziyoyev Trampga sovğa qilgan özbek ayvonlari Vaşingtonda örnatildi

O'zbekiston

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Amerika xalqiga taqdim etgan an’anaviy özbek ayvonlari Vaşingtondagi tarixiy West Potomac Park hududiga örnatildi. Bu haqda Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidikov ma’lum qildi.

Mirziyoyev Trampga sovğa qilgan özbek ayvonlari Vaşingtonda örnatildi
Diplomat ayvonlar örnatilgani haqida Instagram sahifasida xabar berdi. U Donald Trampga sovğani Amerika xalqi nomidan qabul qilgani uçun minnatdorchilik bildirdi. Mazkur taşabbus Özbekiston me’morçiligi va hunarmandçiligi an’analarini AQŞ poytaxtidagi jamoat makonlaridan birida namoyon etishga qaratilgan.

Sidikovning aytişiça, marosim vaqtida Prezident Trampning vertolyoti park uzra uçib ötdi. Elçi bu holatni tadbirga alohida ramziy ma’no bağişlagan va Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi dostlik hamda strategik şerikçilikning yana bir ifodasi bölib xizmat qilgan lahza sifatida baholadi.

Ayvonlar özbek milliy me’morçiligi va hunarmandçiligi an’analariga tayangan holda yaratilgan. Ularning bezagi mamlakatga xos badiiy va me’moriy yondashuvlarni aks ettiradi. Diplomat ta’kidlaganidek, pavilyonlar turli mamlakatlardan keladigan sayyohlarga Özbekiston madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.

Kutilişiça, bu makon nafaqat sayyohlar, balki AQŞdagi özbek diasporasi vakillari uçun ham uchraşuv joyiga aylanadi. Bu yerda madaniy tadbirlar ötkazilişi va milliy an’analarni saqlaş imkoniyati bölişi nazarda tutilgan. Şu tariqa, sovğa madaniy almaşuv uçun qöşimça maydon yaratib, bir vaqtning özida Özbekistonning madaniy merosini tanitishga xizmat qiladi.

Ayvonlar AQŞ mustaqilligining 250 yilligi nishonlanayotgan yilda örnatildi. Donald Tramp va Amerika xalqiga atalgan ushbu sovğa West Potomac Park hududida Özbekiston madaniyatini namoyon etuvchi me’moriy unsur bölib, mamlakat merosi haqida kengroq tanıştirış imkonini beradi. Ularning jamoat makonida örnatilishi milliy me’moriy an’analarni namoyon etadi va ikki xalq örtasidagi madaniy aloqalarga e’tibor qaratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing