COP31 doirasida Özbekiston va ACWA Power uglerod bozorlari böyiça memorandum imzoladi

O'zbekiston

Özbekiston va ACWA Power BMTning İqlim özgarişlari böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida uglerod bozorlari sohasida hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi. Antaliyada imzolangan hujjat kompaniya loyihalarining chiqindilarni qisqartiriş va uglerod kreditlari bilan boğliq xalqaro mexanizmlarda iştirok etiş imkoniyatlarini örganishni nazarda tutadi.

COP31 doirasida Özbekiston va ACWA Power uglerod bozorlari böyiça memorandum imzoladi
Özaro anglaşuv memorandumini Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ekologiya va iqlim özgarişlari milliy qömitasi raisi Aziz Abduxakimov hamda ACWA Power asosçisi va direktorlar kengashi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan imzoladi. Hujjat Parij bitimi mexanizmlarini qöllash va uglerod bozorlarini rivojlantirişga qaratilgan.

Tomonlar ACWA Power’ning Özbekistondagi loyihalarini xalqaro uglerod bozori mexanizmlariga jalb etiş imkoniyatlarini örganadi. Ular qatoriga «Baş», «Jankeldi», «Kungrad» va «Karatau» şamol energetikasi loyihalari, şuningdek, «Kungrad» loyihasi tarkibidagi akkumulyator batareyalarida energiya saqlash tizimi kiradi. Loyihalarning Parij bitimi mezonlariga muvofiqligi, ularni tasdiqlaş va röyxatdan ötkaziş tartiblari, uglerod kreditlari hamda chiqindilarni qisqartiriş natijalarini yaratish, ötqazish va qöllash imkoniyatlari baholanadi.

Memorandum texnik va normativ-huquqiy hamkorlik, uglerod bozorlari böyiça tajriba va bilim almashiş, monitoring, hisobot va verifikatsiya tizimlarini takomillaştiriş, shuningdek, institutsional salohiyatni kuçaytirişni qamrab oladi. Yana bir yönaliş energetika infratuzilmasining iqlimga çidamliligidir.

Xususan, tomonlar şamol elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlari uçun iqlim xavflarini baholaş ma’lumotlarini almashadi. Ekstremal harorat, chang va qum büronlari ta’siri, iqlim ma’lumotlari hamda erta ogohlantiriş tizimlaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.

Memorandum Özbekiston va ACWA Power muloqotini kengaytiradi. Hamkorlik uglerod bozorlaridagi imkoniyatlarni örganish va milliy iqlim maqsadlariga erişişga xizmat qiladi. Tomonlar chiqindilarni qisqartirish natijalarini hisobga olish, uglerod kreditlarini ötkazish va ulardan foydalanish tartiblarini ham örganadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing