Toşkent AQŞ bilan hamkorlikni kengaytirmoqda: investitsiya, texnologiya va şahar loyihalari

O'zbekiston

Toşkent hokimi Şavkat Umurzoqov boşçiligidagi delegatsiya AQŞda investitsiya, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, ta’lim va madaniyat böyiça muzokaralar ötkazdi. Safarning muhim natijasi — qiymati 42 mln dollar bölgan INNOVATION TECHNOLOGIES zavodi loyihasi yuzasidan hujjatlarning imzolanişidir.

Toşkent AQŞ bilan hamkorlikni kengaytirmoqda: investitsiya, texnologiya va şahar loyihalari
18–19-noyabr kunlari Sietlda delegatsiya qardoş şaharlar aloqalarini va biznesni faol muhokama qildi. Rainier Club’da Greater Seattle Partners prezidenti Şennon Breddok va 20 ga yaqin kompaniya vakillari bilan davra suhbati ötkazilib, amerikalik biznesning poytaxt loyihalaridagi iştiroki körib çiqildi.

Gulf Petrocas Energy Group bilan Toşkentda Gulf brendi ostidagi yoqilği şoxobçalari tarmoğini yaratiş böyiça memorandum imzolandi. Amazon Web Services bilan IT hamkorligi muhokama qilindi. Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi bilan 2027-yilda Toşkentda Jahon raqamli konferensiyasini ötkaziş imkoniyati yuzasidan memorandum tuzildi. Delegatsiya Seattle International Film Festival vakillari bilan ham uçraşdi.

Menlo-Parkda Silkroad Innovation Hub bilan sun’iy intellekt, ta’lim, mobillik va turizm loyihalari körib çiqildi. Nyu-Yorkda kapital jalb qiliş, munitsipal obligatsiyalar va transport boş rejasi muhokama qilindi. AECOM bilan Toşkentda transport muhandislari ofisini açiş va harakatni sun’iy intellekt yordamida boşqariş masalalari körib çiqildi.

ITF Group bilan 100 mln dollarlik şartnoma imzolanib, biznes markazi, mehmonxona va transport-logistika xablarini yaratiş nazarda tutildi.

RS Capital Engineering kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyo böyiça direktori Frederik Falkenberg bilan uçraşuvda «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasida INNOVATION TECHNOLOGIES zavodini quriş böyiça hujjatlar imzolandi. Birinçi bosqiç qiymati 42 mln dollar, şundan 29,4 mln dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalardir. 29,2 gektar maydonda 180 dan ortiq turdagi mahsulot işlab çiqariş va 650 ta iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Dastlabki mahalliylaştiriş 45 foizni taşkil etadi. Birinçi navbat 2027-yil oxirida işga tuşiriladi, loyihani kengaytiriş salohiyati 200 mln dollardan ziyod.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing