Zelenskiy Ukraina Liviyasi sohillari yaqinida Rossiya kemalariga zarba berganini bildirdi
Dunyo
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina kuçlari Liviyaning Bengazi porti yaqinida Rossiyaning ikki kemasiga hujum qilganini bildirdi. Uning aytişiça, yetti ukrain dengiz droni «Merkuriy» korvetini çöktirdi va «Angara» yuk kemasiga zarba berdi.
Zelenskiy operatsiya haqida 23-noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi. Ukraina Xavfsizlik xizmati «Merkuriy» bortida bölgan Ka-27 vertolyoti ham yöq qilinganini ma’lum qildi.
Hujum 22-noyabr kuni Liviyaning şarqidagi Bengazi hududida sodir böldi. Mamlakat şarqiy ma’muriyati ma’lumotiga köra, Rossiya kemasi ortga qaytiş yölida yonilği va ta’minot oliş uçun portga kirgan. Portlaşdan söng yonğin çiqdi; sun’iy yöldoş tasvirlarida kema qisman suv ostida qolgani körindi.
Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi. Liviyaning şarqiy ma’muriyati ekipaj a’zolari qutqarilgani va yengil jarohatlar sabab tibbiy yordam olganini bildirdi. Al Jazeera manbalari esa rossiyaliklar va liviyaliklar halok bölganini aytdi, Malta bayroği ostidagi savdo kemasiga ham hujum qilingani xabar qilindi. Alhadath telekanali harbiylar Bengazi yaqinida portlovçi moddalar bilan jihozlangan 12 dan ortiq dengiz dronini tutib qolganini ma’lum qildi.
BMTning Liviyadagi qöllab-quvvatlaş missiyasi (UNSMIL) jiddiy xavotir bildirib, zudlik bilan mustaqil va şaffof tergov ötkazişga çaqirdi. Liviyaning şarqiy ma’muriyati Rossiya bilan birgalikda tergov boşlaşini bildirdi.
Bundan bir kun oldin Fin körfazida Rossiyaning Sparta II yuk kemasiga dron zarba bergan edi. Finlyandiya rasmiylari xalqaro suvlarda mamlakat sohillari yaqinida yonğin çiqqanini bildirdi.
Liviya Tripolida Abdulhamid Dbayba boşçiligidagi hukumat va Xalifa Haftar qöllab-quvvatlaydigan şarqiy ma’muriyat örtasida bölingan. Şarqiy ma’muriyat mamlakat Rossiya-Ukraina uruşida taraf emasligini va hududidan suverenitetga tahdid soluvçi harbiy maqsadlarda foydalanişga qarşiligini bildirdi. Tripolidagi BMT tan olgan hukumat fuqarolik portlaridan taşqi mojarolar bilan boğliq harbiy yoki logistika faoliyatida foydalaniş xavfidan taşviş bildirdi va amaliyotni yana qat’iy rad etdi.

Powered by Froala Editor