Qarşida 360 örinli bağça qurilib, 43-maktab töliq yangilanadi

O'zbekiston

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qarşi şahridagi 43-maktab, 1-sonli bolalar bağçasi va Qashqadaryo ilgör kasbiy mahorat texnikumiga taşrif buyurdi. Taşrif davomida ta’lim muassasalarining holati körib çiqilib, ularni yangilaş böyiça rejalar belgilandi.

Qarşida 360 örinli bağça qurilib, 43-maktab töliq yangilanadi
Maktab va bağçani körikdan ötkaziş çöğida Saida Mirziyoyeva binolarning qoniqarsiz holatiga e’tibor qaratdi. Bolalar bağçasi avariya holatida, maktab sinfxonalarida esa sovuq va eski partalar mavjud.

«Bağçaning avariya holatida ekanini, maktab sinfxonalarida sovuq va eski partalar turganini körish oğir böldi. Ammo bolalik kutib turmaydi, biz bu muammolarni keçiktirmasdan hal qilişimiz kerak», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Eski bağça örnida 360 öringa möljallangan yangi bino quriladi. 43-maktab esa töliq ta’mirlanib, ilgör laboratoriyalar, faoliyat yuritayotgan ijodiy tögaraklar hamda alohida ehtiyojli bolalar uçun inklyuziv muhitga ega zamonaviy ta’lim muassasasiga aylantiriladi.

Delegatsiya, şuningdek, yangi Qashqadaryo ilgör kasbiy mahorat texnikumiga ham taşrif buyurdi. Saida Mirziyoyeva bu yerdagi yoshlarning kelajakka işonç bilan qarayotgani va intilişini alohida e’tirof etdi.

«Bizning asosiy maqsadimiz — bolalarimiz bog‘çadagi ilk qadamlaridan tortib, voyaga yetguniga qadar haqiqatan ham munosib şaroitlarda ulg‘ayişi va ta’lim olişini ta’minlaş», — deya ta’kidladi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Belgilangan rejalar Qarşidagi ta’lim infratuzilmasini yangilaş va maktabgaça ta’limdan kasbiy ta’limgacha bolalar uçun sifatli şaroitlar yaratishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing