Buxoro 2027-yilda UNESCO Ijodiy şaharlar tarmog‘i konferensiyasiga mezbonlik qiladi
O'zbekiston
Buxoro 2027-yilda UNESCO Ijodiy şaharlar tarmoğining 19-yillik konferensiyasiga mezbonlik qiladi. UNESCO şahar tanlanganini 2026-yil 30-oktabrda rasman e’lon qildi. Anjuman madaniyat, merosni asraş va kreativ iqtisodiyot yönalişlarida xalqaro hamkorlik uçun maydon böladi.
Özbekiston Buxoroni tarmoqning 25–27-noyabr kunlari Marokaşning Essaouira şahrida ötayotgan 18-yillik konferensiyasida mezbon şahar sifatida taqdim etdi. Tanlov Prezident Şavkat Mirziyoyev 2025-yil oktabr oyida Samarqandda bölib ötgan UNESCO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi oçilişida ilgari surgan taşabbusning davomi hisoblanadi. Taşabbus madaniyat sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytiriş, madaniy merosni asraş va kreativ industriyalarni rivojlantirişni közda tutadi.
Essaouirada “Buxoro: Buyuk ipak yölida tirik meros şahri” (Bukhara: Living Heritage City on the Silk Roads) taqdimoti ötkazildi. Unda xalqaro iştirokçilarga şaharning tarixiy-madaniy merosi, boy hunarmandçilik an’analari va zamonaviy ijodiy salohiyati taniştirildi. An’anaviy bilim va könikmalarni saqlaş, mahalliy ustalarni qöllab-quvvatlaş, madaniy taşabbuslar hamda anjumanga tayyorgarlik doirasida şahar infratuzilmasini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Buxoro Markaziy Osiyoda, şuningdek, MDH va Turkiy davlatlar taşkiloti mamlakatlari orasida UCCN yillik konferensiyasini qabul qiladigan ilk şahar böladi. Şahar 2023-yildan UNESCO Ijodiy şaharlar tarmoğining “Hunarmandçilik va xalq san’ati” yönalişiga a’zo. Buxoroning tarixiy markazi 1993-yilda UNESCO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.
Konferensiya 2027-yil kuzida ikkinçi Buxoro biennalesi doirasida ötkazilişi rejalaştirilgan. Anjuman şaharlar örtasidagi professional aloqalarni mustahkamlaş, Özbekistonning turizm salohiyatini tarğib qiliş, madaniyat va kreativ iqtisodiyotga yangi hamkorlar hamda investitsiyalarni jalb etiş imkoniyatlarini kengaytiradi. Iştirokçilar madaniy hamkorlik va kreativ industriyalarning barqaror rivojlanişga qöşadigan hissasini ham muhokama qilişi mumkin. Tarmoq 2004-yilda tuzilgan, 408 ta şaharni birlaştiradi, hamkorlikni rivojlantiradi.

Powered by Froala Editor