Özbekiston va Qozoğiston sayğoq populyasiyasini birgalikda saqlaşga kelişib oldi

O'zbekiston

Özbekiston va Qozoğiston sayğoq populyasiyasini birgalikda saqlaş va tiklaşga kelişib oldi. Özaro anglaşuv memorandumi 12-noyabr kuni Antaliyada BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi COP31 doirasida imzolandi. Hujjat tabiatni muhofaza qiliş çoralarini muvofiqlaştiriş, ilmiy ma’lumot almaşiş va transçegara migratsiya yöllarini himoya qilişni nazarda tutadi.

Özbekiston va Qozoğiston sayğoq populyasiyasini birgalikda saqlaşga kelişib oldi
Özbekiston tomonidan hujjatni Ekologiya va iqlim özgarişi böyiça milliy qömita raisi Aziz Abduhakimov, Qozoğiston tomonidan esa Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Alibek Kuantyrov imzoladi. Memorandum Markaziy Osiyo uçun muhim ekologik, ilmiy va tabiatni muhofaza qiliş ahamiyatiga ega bölgan sayğoq (Saiga tatarica) populyasiyasini barqaror tiklaşga qaratilgan.

Tomonlar hayvonlar soni va migratsiyasini birgalikda kuzatiş, ilmiy-texnik ma’lumotlar hamda ilğor tajriba almaşiş, tadqiqot loyihalarini amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Sayğoqlarni noqonuniy ovlaş va savdo qilişga qarşi kuraşni kuçaytiriş ham alohida yönaliş böladi.

Kelişuv tur yaşaydigan tabiiy muhitni saqlaş va tiklaş çoralarini ham qamrab oladi. Jumladan, transçegara muhofaza etiladigan hududlar va migratsiya koridorlarini rivojlantiriş, tabiiy yaylovlar hamda suv havzalarini tiklaş közda tutilgan. Bu çoralar çegaraning har ikki tomonida populyatsiyaning erkin harakatlanişi va barqaror yaşaşi uçun zarur şaroitlarni yaxşilaşga xizmat qiladi.

Bundan taşqari, mamlakatlar sayğoqni ilgari yaşagan hududlariga qayta kiritiş dasturlarini birgalikda işlab çiqiş, dala tadqiqotlarini ötkaziş va populyatsiyalar holatini kuzatişni rejalaştirmoqda. Tabiatni muhofaza qiliş işlarida qatnaşadigan mutaxassislar uçun öquv tadbirlarini taşkil etiş ham nazarda tutilgan.

Memorandumning imzolanişi ikki davlatning ekologik hamkorligini mustahkamlaydi. Özbekiston va Qozoğistonning ilmiy hamda amaliy salohiyatini birlaştiriş sayğoqni himoya qiliş böyiça harakatlarni muvofiqlaştirişga va Markaziy Osiyo biologik xilma-xilligini saqlaşga hissa qöşişi kerak.
Hamkorlik davlatlar orasida tabiatni muhofaza qiliş böyiça tajriba va bilimlar almaşinuvini kengaytiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing