Samarkand Marathon World Athletics Elite Label maqomini qölga kiritdi

O'zbekiston

Xalqaro xayriya Samarkand Marathon musobaqasi World Athletics Elite Label maqomini qölga kiritdi. Bu e’tirof Özbekiston marafonini jahon şosse yugurişi miqyosida yangi bosqiçga olib çiqadi. U MDH mamlakatlari orasida bunday darajadagi yagona yuguriş musobaqasidir. 2026-yilgi marafon elçisi tört karra Olimpiya çempioni ser Mo Fara böladi: u 7 noyabr kuni iştirokçilar bilan uçraşadi, ertasi kuni esa marafonga start beradi.

Samarkand Marathon World Athletics Elite Label maqomini qölga kiritdi
Musobaqa Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi (ACDF) tomonidan taşkil etiladi. Elite Label maqomi World Athletics federatsiyasining sport saviyasi, musobaqani taşkil etiş, iştirokçilar xavfsizligi va antidoping ta’minotiga oid talablariga javob beradigan startlarga beriladi. Label Road Races dasturi dört toifani öz içiga oladi: Label, Elite, Gold va Platinum. Samarkand Marathon boşlanğiç Label bosqiçidan ötmasdan, bevosita Elite darajasini qölga kiritdi.

Yangi maqom musobaqaning xalqaro tanilişini oşiradi va uni professional sportçilar, menejerlar hamda sport agentliklari uçun jozibador qiladi. World Athletics qoidalariga muvofiq, iştirokçilar natijalari federatsiyaning jahon reytingida hisobga olinadi. Yuguruvçilar uçun bu maqom xalqaro federatsiya taqvimiga kiritilgan musobaqada qatnaşiş, uning standartlariga muvofiq taşkiliy, tibbiy va xavfsizlik ta’minotidan foydalanişni anglatadi.


Ser Mo Fara jahon uzoq masofaga yuguriş tarixidagi eng taniqli sportçilardan biridir. U tört karra Olimpiya çempioni, olti karra jahon çempioni va töqqiz karra Yevropa çempioni bö lgan. Uning asosiy yutuqlari 5 000 va 10 000 metr masofalarga töğri keladi. Somalilendda tuğilib, Buyuk Britaniyada ulğaygan sportçi qiroliça Yelizaveta II tomonidan ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan. U professional faoliyatini 2023-yilda yakunlagan. 7 noyabr kuni soat 19:50 da Fara boş sahnada iştirokçilarga murojaat qiladi; 8 noyabrda marafonga start berib, ğoliblarni kutib oladi va finishga yetib kelganlarga medallarni topşiradi.

Samarkand Marathon 2019-yildan buyon ötkazilib, professional sportçilar va havaskor yuguruvçilarni birlaştiradi. Trassa Samarqandning tarixiy merosini sport orqali namoyon etadi. 2022-yildan buyon marafon belgilangan talablarga rioya qilingan taqdirda AbbottWMM MTT Age Group World Championships çempionatiga saralaş imkonini beradigan musobaqalar qatoriga kiradi. Marafon AIMS a’zosi, uning trassalari esa World Athletics tomonidan sertifikatlangan.

2025-yilda musobaqada 53 mamlakatdan qariyb 10 000 kişi qatnaşdi. 2026-yilda 72 mamlakatdan yuguruvçilar röyxatdan ötdi, röyxatdan ötiş davom etmoqda. Seriya doirasida Buxoro, Böstonliq, Zomin va Orolböyi hududlarida ham yugurişlar ötkaziladi. Yiğilgan mablağlar startlar taşkil etiladigan hududlarda bolalar sport maydonçalarini qurişga yönaltiriladi. Bu yilgi Samarkand Marathon 7–8 noyabr kunlari bölib ötadi; start va finish Registon maydonida joylaşadi. Elite Label maqomi marafonning xalqaro mavqeini mustahkamlab, Özbekistonda sport turizmi rivojiga xizmat qiladi. Bu ham muhim.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing