3 329,5 gektar yer maydonlari tadbirkorlik uchun e-auksionga qo'yildi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga asosan, 3 329,5 gektar yer maydonlari "e-auksion" platformasi orqali auksion savdolariga qo‘yildi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

3 329,5 gektar yer maydonlari tadbirkorlik uchun e-auksionga qo'yildi
Bu yangilik, yer maydonlarining savdosiga yanada ochiq va shaffof tizimni joriy etishga yo‘l ochdi. Auksion g‘oliblari o‘z huquqlarini kengaytirish bilan birga, bir qancha majburiyatlarga ham egadirlar.

Farmon asosida auksion g‘oliblari quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining mustaqil tanlovi: G‘oliblar ekinlar turini, navlarini va hajmlarini o‘zi belgilaydi, bu esa iqtisodiy jihatdan eng samarali usullarni tanlash imkonini beradi.

Suv yetkazib berish: Auksion g‘oliblari yillik suv yetkazib berish limitlari doirasida kafolatlangan suv hajmini olish huquqiga ega, shuningdek, bu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, yetkazilgan zararlarni talab qilish imkoniyatiga ega.

Ijara shartnomasi: G‘oliblar yer uchastkalarini qayta ijaraga berish huquqiga ega bo‘lib, shartnoma shartlariga rioya qilgan holda bu huquqni boshqa shaxsga o'tkazishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing