7 nafar o‘zbekistonlik boks bo‘yicha Jahon kubogi finalida

Sport

Bugun Varshavada boks bo‘yicha Jahon kubogining final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Unda biryo‘la 7 nafar O‘zbekiston vakili oltin medal uchun kurash olib boradi va terma jamoamizning xalqaro maydondagi yuksak darajasini tasdiqlaydi.

7 nafar o‘zbekistonlik boks bo‘yicha Jahon kubogi finalida
Final bahslari 16-may kuni Polsha poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Chempionlik unvoni uchun quyidagilar kurashadi:
Mirazizbek Mirzahalilov (−55 kg) - Bilguunsaikhan Xarxu (Mo‘g‘uliston)
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (−65 kg) - Viktorio Iliyeva (Bolgariya)
Javohir Ummataliyev (−80 kg) - Alfred Kommeya (Italiya
Humorabonu Mamajonova (−57 kg) - Juliya Szeremeta (Polsha)
Fazliddin Erkinboyev (−75 kg) - Rami Kivan (Bolgariya)
Akmaljon Isroilov (−85 kg) - Yakub Straszevskiy (Polsha)
Jahongir Zokirov (+92 kg) - Omar Shixi (Norvegiya)

Avvalroq, yarim final natijalariga ko‘ra, Samandar Olimov (−60 kg) va G‘ofur Tohirov (−70 kg) bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Finalda Polsha (8 nafar ishtirokchi), Italiya (5 nafar), Turkiya (4), Bolgariya va Norvegiya (3 nafardan), shuningdek, Germaniya, Mo‘g‘uliston, Angliya, Kosovo va boshqa mamlakatlardan kelgan jangchilar ham ishtirok etadi.

Turnirni o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Bekjon Yusupov boshqarib bormoqda, bu esa o‘zbek boks maktabining nafaqat sportchilar, balki mutaxassislar orasida ham yuqori nufuzini ta’kidlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing