Abduqodir Husanov - "Manchester Siti"da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi

Sport

O‘zbekistonlik futbolchi Yevropani zabt etishda davom etmoqda. Markaziy himoyachi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi!

Abduqodir Husanov - "Manchester Siti"da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi
Klub muxlislari Husanovni ijtimoiy tarmoqlardagi ovoz berish natijalariga ko‘ra tanladi, u Erling Xoland va Yoshko Gvardiol kabi yulduzlarni ortda qoldirdi. Fevral oyida futbolchi beshta o‘yin o‘tkazib, barqaror o‘yin namoyish etdi va hatto gol urdi.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham himoyachiga yuqori baho berib, uning mehnatkashligi va professionalligini e’tirof etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing