Abduqodir Husanov O‘zbekistonning Londondagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Sport
"Manchester City"ning yangi yulduzi Abduqodir Husanov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2025-yilning 3-fevral kuni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Abduqodir Husanov O‘zbekistonning Londondagi elchixonasiga tashrif buyurdi. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashuvda futbolchi Angliya Premer-ligasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U yangi chempionatga moslashish va xorijda yashashdagi qiyinchiliklar haqida gapirib, O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda futbolga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani va Abduqodir kabi yosh sportchilarning jahon sportidagi yutuqlari e’tirof etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida futbolchi esdalik sovg‘asi sifatida elchixonaga o‘z dastxati tushirilgan futbolka sovg‘a qildi.
Elchi Abduqodirga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, kelgusida yanada yuksak marralarga erishishiga tilak bildirdi.

Powered by Froala Editor