Afg‘onistondagi zilzila: 800 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar jabrlandi

Dunyo

Afg‘oniston sharqida 6,0 magnitudali kuchli zilzila oqibatida 800 dan ortiq odam halok bo‘ldi, qariyb 2 800 kishi jarohat oldi. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni ortishda davom etmoqda, chunki qutqaruvchilar hali olis qishloqlarga yetib bormagan.

Afg‘onistondagi zilzila: 800 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar jabrlandi
Eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud — zilzila markazi bo‘lgan Kunar viloyati. Ayrim tumanlarda uylar vayron bo‘lgan, aloqa tizimi ishlamayapti, qutqaruvchilar uchun yo‘llar qiyinlashgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birodar Afg‘oniston rahbariyati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi va ushbu og‘ir damlarda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, yaqin kunlarda qurbonlar soni yanada ortishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing