Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Sport

Ayni kunlarda akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Litvaning Trakay shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
16-mayga qadar davom etadigan ushbu yigʻin 19–21-may kunlari Shveysariyada oʻtadigan jahon litsenzion turniriga asosiy tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Mashgʻulotlarda 13 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Yigʻin yakunida murabbiylar shtabi litsenzion turnirda qatnashadigan yakuniy tarkibni aniqlab oladi.

Avvalroq 17–19-may kunlari Toshkentda stol tennisi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnir boʻlib oʻtishi haqida xabar berilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing