“Amazon” monopoliyada ayblanmoqda
Biznes
AQShning 17 shtati “Amazon” kompaniyasini monopoliya tufayli sudga berdi.
AQSh Federal Savdo Komissiyasi va mamlakatning 17 shtati prokurorlari Amazon’ga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda Federal Savdo Komissiyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, da’vogarlar kompaniyani monopolist sifatida faoliyat yuritayotganlikda hamda o‘zining monopoliya ustunligini noqonuniy saqlab qolish uchun adolatsiz strategiyalardan foydalanganlikda ayblamoqda.
Qayd etilishicha, "Amazon" mahsulotlar o'zi taklif qilgan narxlardan arzon sotilishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qiladi. Agar kompaniya narxlarga nomutonosib narsalarni topsa, uning sotuvchisini “Amazon”ning mahsulot qidirish natijalaridan yashiradi va natijada ko'rinmas bo'lib qoladi.
Da'vogarlar, shuningdek, “Amazon”ni mahsulot qidirish natijalarini reklama takliflaridan aniq ajratmaslik va qidiruv natijalarida uchinchi tomon sotuvchilari takliflarini birinchi o'ringa qo'yish orqali iste'molchilarni chalg'itayotganlikda aybladi.
Da’vo qiluvchilar suddan “Amazon”ning harakatlarini monopoliya deb tan olib, uning oldini olish choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Powered by Froala Editor