Amerika shaharlari cho'kmoqda

Dunyo

Amerikaning ko'plab shaharlari, jumladan, Nyu-Orlean, Nyu-York, Mayami va San-Fransiskoning Janubiy qismi ostidagi yerlar cho'kmoqda, deb yozdi CNBC axborot agentligi.

Amerika shaharlari cho'kmoqda
Tuproqning cho'kishi deb nomlanuvchi bu hodisa binolar va infratuzilmaning barqarorligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, boisi dengiz sathining ko'tarilishi bilan birgalikda suv toshqini xavfi ham sezilarli darajada oshadi.

Yerning cho'kishi bilan bog'liq muammolar amerikaliklar uylarining qiymatini 6% ga tushirishi mumkin. Kaliforniya universiteti, Riversayd davlat siyosati kafedrasi dotsenti Mehdi Nemati va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, baland joylarda bu ko'rsatkich 8,1% ga yetishi mumkin. Ularning tadqiqotlari Kaliforniyaning Markaziy vodiysiga qaratilgan bo'lsa-da, Nemati natijalar butun mamlakatga taalluqli bo’lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Yerning cho'kishi tabiiy va antropogen omillar tufayli sodir bo'ladi.

Tadqiqotchilarning fikricha, AQSh va Kanadadagi muzliklar erishi bilan "osilgan tayoq" effekti paydo bo'ladi, ya’ni AQSh yerlari cho'kadi, Kanada yerlari esa ko'tariladi.

Inson tomonidan kelib chiqadigan yerning cho'kishi shaharlarning rivojlanishi, shu jumladan yer osti suvlarini qazib olish va qurilish usullari bilan bog'liq.

"Biz yer osti suvlarini ichish va boshqa maqsadlarda ishlatamiz. Suvni yerdan chiqarib tashlaganimizda, bo'shliq kichrayib, sirtdagi binolar uchun muammo tug'diradi,― deydi mintaqaviy rejalashtirish Assotsiatsiyasining energiya va atrof-muhit bo'yicha vit -prezidenti Rob Froydenberg.― Og'ir qurilish materiallari ham yerni kichraytiradi, bu esa infratuzilmani xavf ostiga qo'yadi."

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing