Amerikalik milliarder tug‘ilgan kunida YTHga uchrab, vafot etdi
Dunyo
Jeyms Kroun o‘zining 70 yoshga to‘lgan kunida avtomobil yo‘lida to‘siqqa urilib, vafot etd.
Amerikalik milliarder Jeyms Kroun 25-iyun kuni 70 yoshni qarshi olgan kunida Koloradodagi poyga trassasida baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda “The Colorado Sun” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, “Henry Crown and Company” investitsiya firmasi rahbari “Aspen Motorsports Park” trekidagi poyga vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, uchib ketgan va xavfsizlik to‘sig‘iga borib urilgan.
Chikago meri Brendon Jonson “Jim o‘zining saxiyligi bilan Chikago ruhini ko‘targan”ini bildirdi. AQSH Prezidenti Jo Bayden ham milliarderning oilasiga taʼziya izhor etdi.
Jeyms Kroun o'zining bobosi, sanoat magnati Genri Kroun tomonidan asos solingan biznesga egalik qilishdan tashqari, AQSHdagi eng yirik banklardan biri — “JP Morgan Chase” direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan va “Aspen Skiing Co” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori bo'lgan.
“Forbes”ning so'nggi hisob-kitoblariga ko'ra, Kroun oilasining boyligi 10,2 milliard dollarni tashkil qilgan.

Powered by Froala Editor