Amputant futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi chempion!

Sport

Bangladeshda bo‘lib o‘tayotgan amputantlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Amputant futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi chempion!
Amputant futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Bangladeshdagi turnirda mutlaq ustunlikni namoyish etib, Osiyo chempioniga aylandi. Finalda o‘zbekistonlik sportchilar Indoneziyani 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, jamoa sardori Abdujamil Shukurov het-trik qayd etdi. Aziz Abdurahmonov dubl ni rasmiylashtirgan bo‘lsa, yana bir golga Qudrat Xudoyqulov mualliflik qildi.

Turnir davomida o‘zbekistonliklar aql bovar qilmas o‘yin namoyish etishdi. Jamoa guruh bosqichida Indoneziya (8:1), Nepal (13:0) va mezbon Bangladeshni (3:0) mag‘lub etdi. Yarim finalda O‘zbekiston Iroqni (3:0) ishonchli tarzda ortda qoldirgan bo‘lsa, finalda Indoneziya bilan yana to‘qnash keldi va raqibiga imkoniyat qoldirmadi.

G‘olib jamoa 14 fevral kuni soat 01:05 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nib, o‘z yurtiga qaytib keladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing