Andijonda Silk Road xalqaro yugurishining ikkinchi bosqichi boshlanadi

O'zbekiston

30-noyabr kuni Andijonda Silk Road xalqaro yugurish musobaqasining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Start Bobur nomidagi Memorial bog‘i majmuasidan boshlab shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.

Andijonda Silk Road xalqaro yugurishining ikkinchi bosqichi boshlanadi
30-noyabr kuni Andijonda Silk Road xalqaro yugurish musobaqasining ikkinchi bosqichi start oladi. Musobaqa Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi tomonidan tashkil etilgan. Start tonggi 08:30 da Bobur nomidagi Memorial bog‘i majmuasida beriladi va yo‘nalish shahar markazi bo‘ylab davom etadi.

Ishtirokchilar uchun 5 km, 10 km, 21 km masofalar, shuningdek skandinaviyacha yurish va Kids Run bolalar yugurishi taqdim etiladi. Asosiy masofalarda g‘oliblarni pul mukofotlari kutmoqda, yosh toifalari bo‘yicha alohida nominatsiyalar ham belgilangan.

Ishtirok etish narxi 100 mingdan 300 ming so‘mgacha. Har bir ishtirokchi start paketi bilan ta’minlanadi: chipli raqam, longsliv, kepka, ryukzak va esdalik medali.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing