Apple iPhone 18 Pro va ilk buklanadigan iPhone Duo’ni taqdim etdi
Texnologiya
Apple iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max smartfonlarini, shuningdek, ilk bor buklanadigan smartfonlar bozoriga mo‘ljallangan iPhone Duo modelini taqdim etdi. Yangi qurilmalar unumdorlik, kamera va dasturiy funksiyalar bo‘yicha yangilanishlarga ega bo‘ldi, buklanadigan iPhone esa kompaniyaning eng qimmat smartfoniga aylandi — uning narxi 1999 dollarni tashkil etadi.
iPhone 18 Pro A20 Pro chipi, takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega va bir quvvatlashda 36 soatgacha ishlaydi. AQShda iPhone 18 Pro narxi 1199 dollardan, Pro Max esa 1299 dollardan boshlanadi. Sotuvlar 18-sentabrda boshlanadi. Smartfonlar qora, kumush, och Glacier va bordo ranglarda chiqariladi. Orqa shisha panel korpus rangiga moslashtirilgan.
Asosiy yangiliklardan biri Apple Intelligence asosidagi Siri bo‘ldi. Assistent avvalgi so‘rovlar, ekran mazmuni va foydalanuvchi ma’lumotlarini hisobga olishi, xabarlar, elektron pochta va fotosuratlardan ma’lumot izlashi hamda bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovada amallarni bajarishi mumkin. Yangi Siri yil oxirida beta-testga chiqariladi.
48 megapikselli asosiy kamera ilk bor o‘zgaruvchan diafragmaga ega bo‘ldi. Bu yorug‘lik miqdori va tasvir chuqurligini boshqarish, jumladan, portretlarda fonni kuchliroq xiralashtirish imkonini beradi.
Apple yangi akustik tizim va moslashuvchan ekvalayzerga ega AirPods 5’ni ham taqdim etdi. Shovqinni bostirish samaradorligi 50 foizga oshirildi, quloqchinlarda real vaqt rejimida nutqni tarjima qilish funksiyasi paydo bo‘ldi. Narxi 129 dollardan boshlanadi.
iPhone Duo kitob kabi buklanadi. Yopiq holatda ekran diagonali 5,4 dyuym, ochilganda esa qurilma ixcham planshet ko‘rinishiga keladi. Smartfon 4883 mA·soatlik akkumulyator va orqa paneldagi ikkita kameraga ega. U oq va to‘q ko‘k ranglarda ishlab chiqariladi.

Powered by Froala Editor