Iphone 15 endi Type - C zaryadiga ega. Apple taqdimotidan yana nimani ko'rdik?

Texnologiya

Kecha, 12-sentabr kuni Apple o'zining yangi gadjetlarining yillik kuzgi taqdimotini o'tkazdi va yangilangan smartfonlar va aqlli soatlar qatorini taqdim etdi.

Iphone 15 endi Type - C zaryadiga ega. Apple taqdimotidan yana nimani ko'rdik?
So'nggi o'n yil ichida har yili sentyabr oyida Apple butun dunyo bo'ylab ommaviy axborot vositalarini eng yangi iPhone-ning taqdim qiluvchi tadbiriga yig’adi. Bu yili ham yangi qurilmalardagi tashqi ko'rinishi, kamera dizayni va protsessorlarning kuchini oshirilganligi haqida gap bordi.

Biz avval yangi gadjetlar haqida mish-mishlar va insayderlar ma’lumotlariga tayanib kutilayotgan yangiliklar haqida yozgan maqolamiz o’zini oqladi. Ammo kompaniya jamoatchilikning umidlarini qanchalar oqlay oldi? Ushbu maqolada biz taqdim etilgan smartfonlar va soatlarning barcha yangi xususiyatlari haqida qisqacha yozamiz.

iPhone 15
Yangi iPhone 15 o'tgan yili iPhone 14 Pro-da debyut qilgan Dynamic Island-ni o'z ichiga oladi. 6,1 dyuymli ekranli asosiy modelda ham, 6,7 dyuymli ekranli Plus modelida ham ushbu Dynamic Island mavjud bo'ladi. iPhone 15 pushti, sariq, yashil, ko'k va qora ranglarda chiqadi. Ikkala iPhone 15 modeli ham 48 megapikselli asosiy kameraga ega bo'ladi. IPhone 15 narxi 799 dollardan boshlanadi, iPhone 15 Plus esa 899 dollardan boshlanadi. Ikkala telefonga ham shu juma kuni onlay buyurtma ochiladi va 22 sentyabrda do’konlarda sotuvga chiqariladi.

iPhone 15 Pro
Apple-ning yangi iPhone 15 Pro titan korpusda ishlab chiqarilgan bo'lib, u 6,1 dyuymli asosiy o'lcham va 6,7 dyuymli Pro Max hajmini davom ettiradi. Pro telefonlarida endi ananaviy ovozni o’chirib yoqish uchun mo’ljallangan tugma o’rniga, turli funksiyalarni bajarish uchun maxsus harakat tugma o’rnatildi. Telefonlar, shuningdek, 5X telefoto linzalar bilan jixozlandi. IPhone 15 Pro 128 GB model uchun 999 dollardan boshlanadi, iPhone 15 Pro Max esa 256 GB hajmli model uchun 1199 dollardan boshlanadi. Telefonlar juma kuni oldindan buyurtma qabul qiladi va 22-sentabr kuni do'kon javonlarida paydo bo'ladi.

Apple Watch Series 9
Apple Watch yangi protsessor bilan jixozlandi va Siri so'rovlari endi qurilmada qayta ishlanishi mumkinligini ta'kidladi. Soat narxi 399 dollardan boshlanadi, onlayn buyurtma seshanba kuni ochiladi va do'konlarda ular 22 sentyabrda sotuvga chiqadi.

Apple Watch Ultra 2
Yangi yuqori darajadagi himoyalangan soat hali ham o'tgan yilgi Ultra kabi 36 soatlik batareya quvvatiga ega, 3000 nits yorqinroq displeyga, yangi velosiped rejimi va kuchaytirilgan chiroq funksiyasiga ega. Soat narxi 799 dollardan boshlanadi. Ultra 2 uchun oldindan buyurtmalar seshanba kuni boshlanadi va soat 22 sentyabrda sotuvga chiqariladi.

Ikki marta bosish imo-ishorasi
Apple telefon qo'ng'iroqlariga javob berishning yangi usulini qo'shmoqda, Apple Watch uskunasida bosh barmog'ingiz va ko'rsatkich barmog'ingizni ikki marta urib, bu funksiyadan foydalanish imkonini beradi. Bu, shuningdek, telefon qo'ng'iroqlarini tugatish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing