AQŞ va yana töqqiz davlat SI ta’minot zanjirlari xavfsizligi böyiça deklaratsiyani imzoladi

Texnologiya

AQŞ va töqqiz hamkor davlat barqaror farovonlikning xavfsiz asoslarini ta’minlaşga qaratilgan San-Fransisko deklaratsiyasini imzoladi. Hujjat sun’iy intellekt tizimlari ta’minot zanjirlari uçun zarur bölgan muhim texnologiyalar va infratuzilmani himoya qiliş borasidagi hamkorlikni kuçaytirişni nazarda tutadi. Imzolaş marosimi 15-noyabr kuni San-Fransiskoda Pax Silica taşabbusi asosçilari uçraşuvi doirasida bölib ötdi.

AQŞ va yana töqqiz davlat SI ta’minot zanjirlari xavfsizligi böyiça deklaratsiyani imzoladi
Kelişuvga Avstraliya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Qatar, Singapur, Birlaşgan Arab Amirliklari va Buyuk Britaniya qöşildi. AQŞ bilan birgalikda jami önta davlat texnologik ta’minot zanjirlari va infratuzilma xavfsizligini ta’minlaş böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga kelişdi.

Deklaratsiyada ilğor sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantiriş uçun muhim bölgan texnologiyalar va infratuzilma obyektlarini himoya qiliş böyiça umumiy yondaşuv belgilangan. Himoya qilinişi zarur bölgan yönalişlarga tovarlar, dasturiy ta’minot, materiallar, texnik bilimlar, komponentlar va işlab çiqariş resurslari kiritilgan. Ularni ruxsatsiz qölga kiritiş yoki noqonuniy uzatiş davlatlarning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga tahdid tuğdirişi mumkin.

Hujjat ta’minot zanjirlari faoliyatini ta’minlaydigan jismoniy va raqamli infratuzilmani ham qamrab oladi. Ular qatoriga portlar, transport va logistika tarmoqlari, aloqa tizimlari, axborot-kommunikatsiya hamda energetika infratuzilmasi, raqamli platformalar kiradi. Iştirokçilar bunday obyektlar va texnologiyalarni himoya qiliş umumiy vazifa ekanini ta’kidladilar.

Kelişuvlarni amalda bajariş uçun bir neçta işçi guruh tuziş rejalaştirilgan. Ular innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş siyosati, ilğor sun’iy intellekt tizimlarini muhim tarmoqlarga joriy etiş, texnologik ta’minot zanjirlari böyiça hamkorlik, himoya mexanizmlarini yaratiş hamda infratuzilma barqarorligini kuçaytiriş masalalari bilan şuğullanadi.

San-Fransisko deklaratsiyasi 2025-yil dekabrida AQŞ tomonidan boşlangan Pax Silica taşabbusining navbatdagi bosqiçi böldi. Taşabbus muhim minerallar, energetika, yarimötkazgiçlar va sun’iy intellekt infratuzilmasi kabi strategik sohalarda barqaror va diversifikatsiyalangan ta’minot zanjirlarini şakllantirişga qaratilgan.

Iştirokçilar iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi ekanini va texnologik zanjirlar barqarorligi birgalikdagi harakatlarni talab qilişini tasdiqladilar. Deklaratsiya umumiy tamoyillarni amaliy hamkorlikka aylantiriş niyatini mustahkamlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing