AQSh Eron bo‘yicha zarbalar aks etgan yangi videoni e’lon qildi
Dunyo
AQSh harbiylari Eronga qarshi olib borilayotgan operatsiyaga oid yangi videokadrlarni e’lon qildi. Video ijtimoiy tarmoq X’da United States Central Command (CENTCOM) sahifasida joylashtirildi. Bu qo‘mondonlik AQSh armiyasining Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalari uchun mas’ul hisoblanadi.
E’lon qilingan videoda Amerika kuchlari tomonidan amalga oshirilayotgan harbiy harakatlar lavhalari ko‘rsatilgan. Bayonotda zarbalar yuqori aniqlikdagi qurollar yordamida amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.
“Halokatli va yuqori aniqlikdagi zarbalar orqali biz Eronning AQSh qo‘shinlari va mintaqadagi hamkorlarimizga tahdid solish imkoniyatini kamaytiryapmiz”, — deyiladi CENTCOM bayonotida.
Yangi video e’lon qilinishi AQShning mintaqadagi harbiy operatsiyasi davom etayotgan bir paytda, Eron atrofidagi keskinlik kuchayib borayotgan fonida yuz berdi.

Powered by Froala Editor