AQSh fondi Rossiyadan imperiya qarzlarini talab qildi
Iqtisodiyot
AQShning Noble Capital RSD investitsiya fondi Rossiyaga qarshi federal sudga da’vo arizasi topshirdi. Unda 1916 yilda chiqarilgan Rossiya Imperiyasi obligatsiyalari bo‘yicha majburiyatlarni tan olish talab qilinmoqda.
Da’vo summasi 225,8 milliard dollarni tashkil etadi. Javobgarlar sifatida Rossiya Federatsiyasi, Rossiya Markaziy banki va Milliy farovonlik jamg‘armasi ko‘rsatilgan. Fond Rossiya bu majburiyatlarni SSSR huquqiy vorisi sifatida meros qilib olganini ta’kidlamoqda.
Qarzni qoplash manbai sifatida da’vogarlar muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni taklif qilmoqda. Mutaxassislar esa bunday da’voning amaliy natijaga olib kelish ehtimolini juda past deb baholamoqda.

Powered by Froala Editor