AQSH Kanadaga yangi bojlar joriy etdi
Iqtisodiyot
AQSH Kanada bilan savdo bosimini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Prezident Donald Tramp amerikalik ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish va, uning fikricha, adolatsiz savdo sharoitlarini bartaraf etish maqsadida Kanada mahsulotlarining keng turiga qo‘shimcha 50 foizlik boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Yangi bojlar 19-avgustdan kuchga kiradi va vino, xokkey tayoqchalari, sement hamda boshqa ko‘plab sanoat mahsulotlariga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, energiya resurslari, kaliy o‘g‘itlari, strategik minerallar va baliq mahsulotlari ushbu cheklovlardan chiqarib tashlangan.
Oq uy mazkur choralar Amerika biznesini himoya qilishga qaratilganini bildirdi. Farmonda Kanada boshqa davlatlarga AQSHga nisbatan qulayroq savdo sharoitlarini yaratgani, shuningdek, Amerika avtomobillari, sut mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga nisbatan cheklovlarni saqlab qolayotgani ta’kidlangan.
Yangi bojlar AQSHning Kanada po‘lati, alyuminiyi, misi, yog‘och mahsulotlari va ayrim avtomobil butlovchi qismlariga nisbatan amaldagi tariflarini yanada kuchaytiradi. O‘z navbatida, Kanada ham AQSHning ayrim mahsulotlariga, jumladan po‘lat, alyuminiy va avtomobillarga nisbatan 25 foizlik kompensatsion bojlarni saqlab qolmoqda.
Donald Tramp avvalroq Kanada o‘rmon yong‘inlari tutuni AQSH hududiga tarqalganini ham yangi cheklovlar bilan bog‘lagan edi. Biroq imzolangan farmonlarda bu masala tilga olinmagan va asosiy e’tibor savdo kelishmovchiliklariga qaratilgan.
Mutaxassislar navbatdagi tariflar ikki davlat o‘rtasidagi savdo ziddiyatini yanada kuchaytirishini qayd etmoqda. Kanada tomoni bojlarni yumshatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq hozircha sezilarli natijaga erishilgani yo‘q.

Powered by Froala Editor