AQSh o‘nlab xalqaro tashkilotlardan chiqmoqda
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni Amerika manfaatlariga xizmat qilmaydi, deb topilgan 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashkilotlarning 31 tasi BMT tizimiga kiradi. AQSh ma’muriyati ularning faoliyati milliy manfaatlar, xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik yoki davlat suverenitetiga zid ekanini ta’kidlamoqda. Farmon federal idoralarga ushbu tuzilmalardagi ishtirok va moliyalashtirishni to‘xtatishni buyuradi.
Qaror, Oq uy bayonotiga ko‘ra, globalistik ustuvorliklarni ilgari suruvchi yoki samarasiz faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga AQSh soliq to‘lovchilari mablag‘larini yo‘naltirishga barham berish maqsadini ko‘zlaydi. Farmon BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi, Xalqaro savdo markazi hamda iqlim va mehnat masalalari bilan shug‘ullanuvchi ayrim agentliklarga ham taalluqlidir.
Davlat kotibi Marko Rubio AQSh ishtirokidagi xalqaro tashkilotlarni ko‘rib chiqish jarayoni davom etishini bildirdi.
Donald Tramp Oq uyga qaytganidan buyon AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Parij iqlim kelishuvi, BMT Inson huquqlari kengashi, BAPOR va YuNESKOdan chiqish haqida ham qaror qabul qildi (YuNESKO bo‘yicha chiqish 2026-yil 31-dekabrda kuchga kiradi).

Powered by Froala Editor