AQSh Rossiya, Eron va KXDRga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

Iqtisodiyot

AQSh Rossiya va Eron va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmoqchi.

AQSh Rossiya, Eron va KXDRga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi
Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida, shuningdek, Rossiya va Eron o‘rtasida qurol-yarog‘ almashinuvi bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan sanksiyalar joriy etiladi.

Bundan tashqari, Vashington Rossiyaga KXDR va Erondan qurol-yarog‘ yetkazib berilishi haqidagi ma’lumotlarni chop etishni davom ettirishga va’da berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing