AQSh Suriyadan 600 nafar harbiyini chiqaradi
Dunyo
2025-yil 17-aprel, payshanba kuni, The New York Times nashrida xabar berilishicha, AQSh Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan sakkizta harbiy bazasidan uchtasini yopmoqda. Shu bilan birga, mamlakatdagi AQSh harbiylari soni 2000 nafardan 1400 nafargacha qisqartiradi.
Unga ko‘ra Mission Support Site Green Village, MSS Euphrates va yana bir nisbatan kichik harbiy obyektlar yopiladi. NYT ma’lumotiga ko‘ra, 60 kun ichida amerikalik qo‘mondonlar kontingentni yanada qisqartirish zarurligi bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Mutaxassislar Suriyada kamida 500 nafar AQSh harbiyini qoldirishni tavsiya etishgan, ammo AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda har qanday harbiylarning qolishiga nisbatan "chuqur shubha" bildirgan, deb yozadi gazeta.
The New York Times manbalarining ta’kidlashicha, harbiylar soni kamayganiga qaramay, AQSh Suriyada "Islomiy davlat" terroristik tashkilotiga qarshi kurash olib borayotgan kurdlar boshchiligidagi harbiy ittifoq — Suriya Demokratik Kuchlari (SDF)ni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqchi.
10-mart kuni SDF yangi Suriya hokimiyati bilan ularning fuqarolik va harbiy tuzilmalarini yangi siyosiy tizimga integratsiyalash bo‘yicha kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgan edi.
Isroil Suriyada egallagan hududlardan chiqmasligini bildirdi. Avvalroq Isroilning Ynet nashri AQSh ikki oy ichida Suriyadan bosqichma-bosqich o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashi haqida Isroilni xabardor qilganini yozgan edi.
Ynet ma’lumotiga ko‘ra, Isroil hukumati Vashingtonni bu qarorni qayta ko‘rib chiqishga undamoqda, chunki AQSh qo‘shinlarining chiqib ketishi mintaqada Turkiyaning pozitsiyalarini kuchaytirishidan xavotirda. Biroq, hozircha AQSh ma’muriyati bu borada o‘z pozitsiyasida qat’iy turibdi, deb yozadi nashr.

Powered by Froala Editor