AQSh va Eron Maskatda muloqotni qayta boshladi
Dunyo
Oman poytaxtida AQSh va Eron o‘rtasida o‘tgan yilgi keskinlashuvdan keyingi ilk muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv kun bo‘yi davom etdi va bilvosita formatda o‘tkazildi — tomonlar Oman tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidi orqali muloqot qildi.
Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi so‘zlariga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi. Keyingi uchrashuvning aniq vaqti va joyi keyinroq, Oman vositachiligida belgilanadi.
Muzokaralarning asosiy mavzusi Eronning yadroviy dasturi bo‘ldi. AQSh, shuningdek, ballistik raketalar parvoz masofasini cheklash masalasini ko‘tarishni istagan, biroq Tehron bu mavzuni muhokama qilishni rad etgan.
Eron delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi boshchilik qildi. AQSh tomonini prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, tadbirkor Jared Kushner va AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari admiral Bred Kuper taqdim etdi.
Maskatdagi muzokaralar AQSh va Isroilning o‘tgan yil iyun oyida Eron yadroviy obyektlariga bergan zarbalaridan keyingi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bo‘ldi.

Powered by Froala Editor