AQSh va Xitoy rahbarlari yuzma-yuz muzokara oʻtkazdi

Siyosat

Jo Bayden va Si Szinpin oxirgi marta 2022-yil noyabrida Indoneziyada boʻlib oʻtgan G20 sammitida uchrashgan.

AQSh va Xitoy rahbarlari yuzma-yuz muzokara oʻtkazdi
AQSh Prezidenti Jo Bayden Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi. Muzokaralar APEK sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.

“Shaxsiy munozaralarning oʻrnini hech narsa bosmaydi. Men munozaralarimizni doim to‘g‘ridan-to‘g‘ri va samimiy deb bilganman va ularni har doim qadrlaganman”, dedi Oq uy rahbari uchrashuv oldidan.

Baydenning aytishicha, Vashington va Pekin tomonlar o'rtasidagi raqobat "mojaroga aylanmasligini ta'minlashi kerak". "Biz raqobatni doimo mas'uliyat bilan boshqarishimiz kerak", dedi Amerika rahbari.

Bir kun avval Oq uy rahbari uning Xitoy rahbari bilan uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni “normallashtirish sari qadam” bo‘lishiga umid bildirgan edi.

Uning so'zlariga ko'ra, normallashtirish "inqiroz yuzaga kelganda telefonni ko'tarib gaplasha olish va armiyalarning bir-biri bilan aloqada bo'lishini ta'minlash"ni o'z ichiga oladi.

Jo Bayden va Si Szinpin oxirgi marta 2022-yil noyabrida Indoneziyada boʻlib oʻtgan G20 sammitida uchrashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing