AQSh Venesuela sohillarida neft tankerini qo‘lga oldi: Karakas xalqaro qaroqchilik deb baholadi
Dunyo
AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va harbiy-dengiz kuchlari qo‘llab-quvvatlagan operatsiya davomida Venesuela sohillarida yirik neft tankerini qo‘lga olganini e’lon qildi. Bu voqea Karakasning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi — Venesuela AQShni mamlakatning tabiiy resurslarini egallashga urinayotganlikda aybladi.
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, tanker “ko‘p yillardan beri sanksiyalar ostida bo‘lgan” va xorijiy terroristik tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq noqonuniy neft tashish tarmog‘ida qatnashgan. Tramp operatsiya tafsilotlarini ochiqlamadi, ammo tankerning “juda katta” ekanini ta’kidladi.
Venesuela TIV bu harakatni “o‘g‘irlik” va “xalqaro qaroqchilik” deb atadi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, AQShning agressiyasi “migratsiya, narkotrafik yoki inson huquqlariga emas, balki Venesuela xalqiga tegishli tabiiy resurslarni egallash istagiga” bog‘liq.
Vashington esa o‘z navbatida Karakasni narkotrafik bilan yetarlicha kurashmaslikda ayblamoqda. Sentabrdan buyon AQSh Karib dengizida “giyohvand moddalar tashigan” venesuelalik kemalarga raketa zarbalari berib kelmoqda. Bu hujumlar oqibatida 80 dan ortiq odam halok bo‘lgan, bu esa AQSh Kongressida jiddiy xavotir uyg‘otgan.

Powered by Froala Editor