Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari atrofida qarama-qarshi xabarlar paydo bo‘ldi
Sport
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) AQSHda tashkilot prezidenti Klaudio Tapia va g‘aznachi Pablo Tovijiningo hibsga olingani haqidagi xabarlarni rasman rad etdi. Bayonot ayrim ommaviy axborot vositalarida ularning qo‘lga olingani va AQSH huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan protsessual harakatlar amalga oshirilgani haqidagi ma'lumotlar e'lon qilinganidan so‘ng berildi.
AFA rasmiy bayonotida Klaudio Tapia va Pablo Tovijiningoning AQSH sudiga ko‘rsatma berish uchun chaqirilgani, shuningdek ulardan mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalar musodara qilingani haqidagi da'volar «mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi» ta'kidlangan.
Bunga qadar Argentinaning TN telekanali AQSH Federal qidiruv byurosi (FBI) Klaudio Tapiyani futbol bo‘yicha jahon chempionati finalidan so‘ng ushlagani haqida xabar bergan edi. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Klaudio Tapia, Pablo Tovijiningo va tadbirkor Xavyer Faroni 30 iyul kuni Florida janubiy okrugi sudiga kelishi kerak.
Xuddi shu xabarlarda AQSHdagi tekshiruv AFAning moliyaviy va tijorat operatsiyalari hamda Xavyer Faroni bilan bog‘liq ko‘chmas mulk bitimlariga aloqador ekani qayd etilgan. Shu bilan birga, AFA bu ma'lumotlarni rasman inkor etdi.

Powered by Froala Editor