Artemis II tarixiy missiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi

Dunyo

Insoniyat rasman uzoq kosmosga qaytdi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 5:00 da Artemis II missiyasi ekipaji Yer yo‘ldoshiga bo‘lgan o‘n kunlik sayohatini yakunlab, Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ushbu parvoz so‘nggi 54 yil ichidagi Oy orbitasiga amalga oshirilgan birinchi boshqariladigan ekspeditsiyaga aylandi.

Artemis II tarixiy missiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi
Orion kosmik kemasi nafaqat “Apollon” dasturi o‘tmishdoshlarining yo‘lini takrorladi, balki kosmonavtika tarixida yangi sahifa ochdi. Missiya davomida astronavtlar Oyning orqa tomonini aylanib o‘tib, sayyoramizdan 406 ming kilometr masofaga uzoqlashdilar — bu inson boshqaradigan kemalar uchun mutlaq rekord natijadir.

“Artemida”ning qaytishi yangi Oy dasturining eng muhim bosqichi muvaffaqiyatli o‘tganidan dalolat beradi. 10 kunlik parvoz davomida Orion kemasi tizimlari uzoq kosmosning ekstremal sharoitlarida sinovdan o‘tdi va navbatdagi qadam — insonning Oy yuzasiga qo‘nishiga yo‘l ochdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, missiyaning beg‘ubor yakunlanishi texnologiyalarning Yer yo‘ldoshida doimiy bazalar yaratishga tayyorligini tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing