Asia Pharm Group va Orzax O‘zbekistonda ishlab chiqarish majmuasini tashkil etishni muhokama qilmoqda
Biznes
Asia Pharm Group Turkiyaning farmatsevtika kompaniyasi Orzax bilan O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Tashabbus doirasida 3 gektar maydonda zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Loyiha O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va farmatsevtika sanoatining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Uni amalga oshirish yangi ish o‘rinlarini yaratishni ham ko‘zda tutadi.
Asia Pharm Group O‘zbekiston bozorida Orzax bilan hamkorlik qilib kelmoqda: 2024-yildan kompaniya Turkiyaning ORZAX, OCEAN va DAY2DAY brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Bundan tashqari, 2026-yil 30-iyul kuni Orzaks İlaç ve Kimya Sanayi Ticaret A.Ş. O‘zbekistonda ORZAX JV LLC qo‘shma korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Turkiya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, korxonaning ustav kapitali $1 mlnni tashkil etadi. Orzaks kompaniyasi 70 foiz, Asia Pharm egasi esa 30 foiz ulushga ega.
Shu bilan birga, taqdim etilgan materiallarda yangi ishlab chiqarish loyihasining qiymati, uni amalga oshirish muddatlari yoki majmuada ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berilmagan.

Powered by Froala Editor