Avtomobil shinalari: atrof-muhit uchun yangi tahdidmi yoki havo ifloslanishining yechimimi?

Maxsus loyiha

Yangi tadqiqotlarga ko’ra, avtomobil chiqindi gazlari muammolarimizning eng kichigi hisoblanadi. Avtomobilning havo ifloslanishiga ko'proq sabab bo'ladigan qismi mavjud.

Avtomobil shinalari: atrof-muhit uchun yangi tahdidmi yoki havo ifloslanishining yechimimi?
Kerri Teylor-Smit atrof-muhit salomatligi instituti uchun yozgan maqolasida shunday yozadi: "Avtomobil shinalari chiqindi gazlarga qaraganda atrof-muhitga ko'proq xavf tug'dirishi mumkin: yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, eski shinalar havo ifloslanishiga deyarli 2000 baravar ko'proq sabab bo’ladi".

"Shinalar xom neftni qayta ishlash mahsuloti bo'lgan sintetik kauchukdan tayyorlanadi va bir qator zaharli organik birikmalarni, shu jumladan ma'lum kanserogenlarni o'z ichiga oladi", — deya qo'shimcha qildi Kerri Teylor-Smit.

U davom etib, shunday dedi: "Yo'lda ishqalanganda ular havo, tuproq va suvni ifloslantiradigan 23 nanometrdan kichik mayda zarralarni chiqaradi. Emissions Analytics tomonidan o'tkazilgan testlar shuni ko'rsatdiki, shinalar har bir kilometrga bir trilliondan ortiq o'ta nozik zarralarni chiqaradi."

Xayriyatki, ushbu ifloslanish muammosini hal qilish mumkin. The Guardian gazetasiga ko'ra, London transport for London jamoat transporti tizimi operatori shinalarning yangi turlarini sinovdan o'tkazmoqda va "ular zararli moddalarning 35% ga kamayishiga olib kelishi mumkinligini" aniqladilar.

Ba'zilarning ta'kidlashicha, akkumulyatorli elektr transport vositalari ko'pincha o’z shina zarralari bilan yoqilg'ida ishlaydigan transport vositalariga qaraganda ko'proq ifloslanishni keltirib chiqaradi, boisi ularning qo'shimcha og'irligi va aylantiruvchi momenti zararli moddalar chiqarilishini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Yaxshiyamki, elektromobillar yengillashib, yangi shinalar mavjud bo'lganda, bu muammo hal bo'lishi mumkin. The Guardian nashriga ko'ra, Enso startap kompaniyasi elektromobillar uchun maxsus yangi turdagi shinalarni ishlab chiqdi.

Kelajakda kam chiqindi gazlarini chiqaradigan elektr transport vositalari va kamroq ifloslantiruvchi shinalar tufayli ancha toza havodan nafas olamiz degan umiddamiz.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing