BAA o‘zbekistonlik sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari BAAga sayohat qilishni tobora ko‘proq afzal ko‘rmoqda. 2025-yilning dastlabki besh oyida bu yo‘nalishdagi chiqishlar soni deyarli uchdan birga oshdi.
Milliy statistika qo'mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida 71,4 ming nafar o‘zbekistonlik turli maqsadlarda Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,7 ming nafarga yoki 28,2 foizga ko‘pdir.
Eng ko‘p safarlar turistik maqsadda amalga oshirilgan — 63 042 kishi. Shuningdek, qarindoshlarni ziyorat qilish uchun 7 397 kishi, xizmat safari uchun 571 kishi, davolanish uchun 225 kishi va o‘qish uchun 117 kishi safar qilgan.
Sayyohlik oqimidagi o‘sish BAAning vizaviy yengilliklari, rivojlangan infratuzilmasi va parvozlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Yil oxiriga qadar bu raqamlar yana oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Powered by Froala Editor