BAA va Iordaniya havodan yordam tashlay boshladi

Dunyo

27-iyul kuni Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) birinchi marta bir necha oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektoriga havodan gumanitar yordam tashlash operatsiyasini amalga oshirdi. Bu yordam blokada ostidagi, quruqlik orqali yetib borish imkonsiz bo‘lgan hududlarga qaratilgan.

BAA va Iordaniya havodan yordam tashlay boshladi
KAN telekanalining xabariga ko‘ra, samolyotlar 8 ta parashyutli quti tashlagan — to‘rttasi G‘azo qadimiy shahri hududiga, qolgan to‘rttasi esa shaharning shimolidagi Zeytun mahallasiga tushgan.

Ikki davlat rasmiylari umumiy yuk hajmi 25 tonnani tashkil qilganini ma’lum qildi. Yordam tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar mavjud bo‘lib, ular eng muhtoj aholi yashayotgan hududlarga mo‘ljallangan.

Isroil armiyasi xorijiy davlatlarga havodan yordam tashlashga ruxsat berganini e’lon qildi. Biroq bu usul tanqid ostida: avvalgi hollarda qutilar odamlar ustiga tushib, tinch aholining halokatiga olib kelgan, ba’zi yuklar esa dengizga tushib ketgan, bu esa och odamlarni qirg‘oqqa yugurishga majbur qilgan.

133 nafar falastinlik ochlikdan vafot etgan, rasmiy manbalar bu raqam ortib borayotganini bildiradi. Xalqaro hamjamiyat Isroilga yordam yetkazish yo‘llarini ochishni talab qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing