Bangladeshlik professor “Kambag'allar banki”ni yaratib, mikromoliyaning otasiga aylandi
Maxsus loyiha
2006-yilda bangladeshlik musulmon professor qashshoqlikka qarshi kurashgani uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritganida, butun dunyo hayratda qolgandi. Aftidan, barchani “Muhammad Yunus kim va nega u dunyoning eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlangan?” degan savol qiziqtirgan.
Bugun haqli ravishda mikromoliyaning otasi bo’lmish Muhammad Yunus, “Central Asian University” taklifiga binoan, O'zbekistonga qashshoqlik, ishsizlik va atrof-muhitning ifloslanishi bilan kurashish bo'yicha "Uch nol dunyosi" ma'ruzasini taqdim etish uchun keldi.
Bangladeshlik professor qanday qilib millionlab odamlarni qashshoqlikdan qutqara olganini bilish uchun “Bright Uzbekistan” jamoasi tayyorlagan maxsus reportajni tomosha qiling.
Mikromoliyaning otasi
“Qashshoqlikni kambag'al odamlar yaratmaydi. Buni kambag‘allarga biz yaratgan tuzum singdirgan”, — deydi hayotini qashshoqlikka qarshi kurashga bag'ishlagan inson Muhammad Yunus.
Yunus 1976-yilda mustaqillik urushi tugaganidan keyin Bangladeshga qaytib kelganida, birinchi navbatda, dahshatli qashshoqlikka guvoh bo’lgan. Insonlar har yerda ochlikdan nobud bo’lardi. U statistik ma’lumotlarni o‘rgangach, hukumatning gumanitar yordam dasturlari foyda bermasligini tushunadi. Bu dasturlar vaziyatni hech qanday tarzda o'zgartirmadi. Ko'pincha qishloq aholisining qo’liga tushgan arzimas pullar ichkilikka sarflanardi. Yunus har kuni darsdan keyin qo‘shni Jobre qishlog‘iga borib, odamlar bilan suhbatlashardi. U qashshoqlikni yengish uchun odamlarga nima kerakligini tushunishga harakat qiladi va kuniga kamida bir kishiga yordam berish maqsadini qo'yadi. U odamlarning ahvolini oz bo’lsa-da yaxshilash maqsadida o‘z cho‘ntagidan pul ulashadi. Xalq pullarni qanchalik tejamkorlik bilan sarflaganini ko‘rgan Yunus kambag‘allarga mikrokredit berish uchun Bangladesh banklariga murojaat qiladi. Ular uni masxara qilib, bu fikrni mutlaqo ahmoqona deb ataydilar, boisi kambag'allar hech qachon qarzlarni qaytarmaydilar.
Grameen banki: "Kambag'allar banki” ning tarixi
Shunda u aynan bunday fikrlash tarzi kambag'allarning doimo qashshoq bo'lib qolishining asosiy sababi ekanini tushunib yetdi. Yunus “qishloq banki” degan ma’noni anglatuvchi, lekin “Kambag‘allar banki” nomi bilan tanilgan “Grameen banki” ga asos solganining sababi ham shu edi. Bank mikrokredit g'oyasiga asoslangan edi. “Grameen Banki”ning mikrokreditlari tufayli ko'plab qishloqlarning hayoti, ichki ijtimoiy g'oyalari va tashqi ko'rinishi o'zgarib borardi. Ammo “Grameen Banki” erishgan eng katta yutuq o'z mijozlarining muvaffaqiyati bo'ldi. 2008-yilda bank mijozlarining 65 foizi qashshoqlikni yengishgan. Shu yo’sin, mikrokreditlar kabi oddiy g’oya millionlab odamlarni qashshoqlikdan botqog’idan olib chiqqan.
2022-yil yanvar holatiga ko‘ra, bankning umumiy qarz oluvchilari qariyb 9,5 million kishini tashkil etdi va ularning 96 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etdi.
“Grameen Banki”ning muvaffaqiyati 64 dan ortiq mamlakatlar hukumatlarini shu kabi loyihalarni, jumladan Jahon bankining “Grameen” tipidagi sxemalarni moliyalashtirish tashabbusini yaratishga ilhomlantirdi.
Biz Muhammad Yunusdan qashshoqlikdan qutulish uchun mikromoliyalash orqali O‘zbekistonda ham shunday natijalarga erishish mumkinmi, deb so‘radik. Uning javobini reportajimizda tomosha qiling.

Powered by Froala Editor