Baxtiyor Saidov Portugaliyaning O‘zbekistondagi yangi Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Siyosat
2024-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Portugaliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
“Portugaliyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan Elchisi Madalena Fisher xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz. Biz ikki tomonlama aloqalarimizni mustahkamlash zarurligini, bugungi holat mavjud salohiyatga mos kelmasligini ta’kidladik. O’zbekiston va Portugaliya tashqi ishlar vazirliklari bu sa’y-harakatlarning tashabbuskori bo‘ladi. Elchi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida davlatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish va undan samarali foydalanishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Portugaliya bilan 1992-yil 12-avgustda diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Portugaliya bilan 1992-yil 12-avgustda diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.
Powered by Froala Editor