Bayden: AQSh Iordaniyadagi AQSh bazasiga hujumga javob beradi

Siyosat

AQSH prezidenti Iordaniya va Suriya chegarasida joylashgan al-Tanf hududidagi Amerika bazasiga qilingan hujumga javob choralarini ko‘rishga qaror qilganini e’lon qildi. Biroq, u Qo‘shma Shtatlar qanday javob choralarini ko‘rishi mumkinligini aniqlashtirmadi va Vashington Yaqin Sharqdagi mojaroni kengaytirishga intilmasligini ta’kidladi.

Bayden: AQSh Iordaniyadagi AQSh bazasiga hujumga javob beradi
"Hujum uchun Eron javobgar ekanligiga ishonasizmi?" , degan savolga Bayden quyidagicha javob berdi: "Ha, ular buni amalga oshirgan odamlarni qurol bilan ta'minlayapti".

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujumga qaytariladigan javob haqida biroz batafsilroq gapirdi. “Bu yerda siz ko‘p qatlamli yondashuvni ko‘rishingiz mumkin, bu faqat bitta harakat emas, balki bir nechta harakatlardir”, dedi u jurnalistlarga.

"Politico" nashrining xabar berishicha, bir kun avval Bayden o‘z maslahatchilariga AQShning Iordaniyadagi bazaga qilingan hujumga javob berishning bir necha variantlarini taqdim etishni buyurgan. Shu bilan birga, prezident bir shart qo'ygan: Vashingtonning javobi Yaqin Sharqdagi mojaroning yanada kuchayishiga olib kelmasligi kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing