Bengladeshda namoyishlar qurbonlari soni 300 ga yetdi

Dunyo

Bengladeshda bosh vazir Sheikh Hasinaning iste'fosini talab qilayotgan namoyishchilar va politsiya o'rtasidagi to'qnashuvlar natijasida kamida 300 kishi halok bo'ldi.

Bengladeshda namoyishlar qurbonlari soni 300 ga yetdi
Halok bo'lganlar orasida 13 nafar politsiyachilar ham bor. Ular poytaxt Dhakadan 100 km shimolda joylashgan Sirajganj shahridagi politsiya bo'limiga hujum paytida o'ldirilgan.

Iyul oyida davlat xizmatiga ishga qabul qilish kvotalarini bekor qilish talabini qo‘ygan talaba namoyishlari boshlangan edi. Ushbu davr mobaynida 280 dan ortiq odam halok bo'ldi.

Dhakada politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar ishlatdi, bosh vazir esa mamlakatda mobil internetni uzishni buyurdi.

BMTning inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Volker Turk Bengladesh hukumatini zo'ravonlikni to'xtatishga chaqirdi. U, shuningdek, dushanba kuni Dhakada rejalashtirilgan ommaviy yurishdan xavotir bildirdi va qo'shimcha zo'ravonlik xavfi haqida ogohlantirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing