Biznes uchun yangi qarorlar: Makkada ICCD Bosh assambleyasi o‘tdi

Biznes

Saudiya Arabistonining Makka shahrida Islom savdo va taraqqiyot palatasi (ICCD)ning 41-Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi raisning birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov boshchiligida ishtirok etdi.

Biznes uchun yangi qarorlar: Makkada ICCD Bosh assambleyasi o‘tdi
Yig‘ilish davomida tashkilot faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilinib, bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. ICCD prezidenti Abdulla Solih Kamel yangi muddatga qayta saylandi. Shuningdek, a’zo mamlakatlar palatalari takliflari asosida Direktorlar kengashining yangilangan tarkibi shakllantirildi.

Moliyaviy kun tartibida 2024 yil hisobotlari va 2026 yil byudjeti tasdiqlandi. Bundan tashqari, 2026 yilga mo‘ljallangan xalqaro biznes forumlari va iqtisodiy tadbirlar taqvimi taqdim etildi.

Qabul qilingan qarorlar islom dunyosida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashi, investitsiya oqimini oshirishi va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing