Bloomberg: Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga o‘zini faol ilgari surmoqda

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodini faol ilgari surmoqda, deb yozadi Bloomberg. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi 10 oktyabrga rejalashtirilgan sovrindorlar e’lon qilinishi arafasida norasmiy kampaniya o‘tkazmoqda.

Bloomberg: Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga o‘zini faol ilgari surmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, Trump o‘zining xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi rolini alohida ta’kidlamoqda.

BMT Bosh Assambleyasi chog‘ida u: “Hamma aytyapti, men Nobel mukofotini olishim kerak”, — deb aytib, **2020-yilda Isroil va bir qator arab davlatlari o‘rtasida imzolangan “Ibrohim kelishuvlari”**ni eslatdi.

Prezident, shuningdek, 2025-yil yanvarida Oq uyga qaytganidan beri kamida olti qurolli mojaroni to‘xtatganini, jumladan Hindiston va Pokiston, shuningdek Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi nizolarni yumshatganini ta’kidladi.

Bloomberg yozishicha, Trump bu mavzuni AQSh harbiy rahbarlari bilan uchrashuvda ham muhokama qilib, “Komitet mukofotni hech narsa qilmagan bir odamga beradi”, degan.

Maxsus elchi Stiv Uitkoff va Davlat kotibi Marko Rubio ham bu masalani Yevropadagi hamkasblari bilan ko‘targan.

Oslodagi qo‘mita esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosim bo‘lmaganini, biroq “bir nechta ochiq va yopiq kampaniyalar” kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing