BMB HOLDING IPOni investitsiyalarni jalb etishning yangi vositasi sifatida ko‘rib chiqmoqda
Biznes
BMB HOLDING fond bozoriga IPO orqali chiqish imkoniyatini kelgusidagi rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Mazkur mavzu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslardan so‘ng yanada dolzarb bo‘ldi.
Davlat rahbari yetakchi investitsiya banklari bilan hamkorlikda kompaniyalarni IPOga tayyorlash bo‘yicha akseleratsiya dasturini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Shuningdek, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxonani tanlab, ularni ommaviy joylashtirishga tayyorlash va xalqaro standartlar asosida hisobot yuritish xarajatlarining yarmini qoplash taklif qilindi.
BMB HOLDING uchun fond bozoriga ehtimoliy chiqish kapital jalb qilish va investorlar doirasini kengaytirishning qo‘shimcha mexanizmiga aylanishi mumkin. Aksiyalarning ommaviy joylashtirilishi mahalliy investorlarga holdingning kelgusidagi rivojlanishida bevosita ishtirok etish imkonini beradi.
Shu bilan birga, hozircha gap IPOni istiqbolda ko‘rib chiqish haqida bormoqda, aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingani haqida emas.
BMB HOLDING uchun bu masala korporativ hisobot va moliyaviy shaffoflikni rivojlantirish jarayonlari fonida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Holding avvalroq guruh tarkibidagi qator korxonalarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tkazayotgani haqida ma’lum qilgan.
IPO BMB HOLDING rivojlanishining navbatdagi vositasiga aylanishi, kompaniyaga qo‘shimcha kapitaldan foydalanish, investorlarga esa uning kelgusidagi o‘sishida ishtirok etish imkonini berishi mumkin.

Powered by Froala Editor