BMB HOLDING O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining rasmiy homiysiga aylandi
Sport
Joriy yilning 4 mart kuni BMB HOLDING bosh ofisida O‘zbekiston Professional futbol ligasi bilan homiylik bitimini imzoladi.
Tadbirda BMB HOLDING Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov, Professional futbol ligasi Bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev va qator ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
B.Mamatqulov mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ishbilarmonlik muhitining samarali yo‘lga qo‘yilishi, keng ko‘lamdagi shart-sharoitlar hamda Prezidentimizning tadbirkorlarga bildirayotgan ishonchi ularning ham ijtimoiy sohalarni, xususan, sportni qo‘llab-quvvatlashiga turkti bo‘layotganligini alohida qayd etdi. D. Imomxo‘jayevning ta’kidlashicha, bunday kelishuvlar kelajakda mamlakatimizda sport turlarini yanada rivojlanib, yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi ushbu islohotlarga BMB HOLDING ham befarq emas.

Powered by Froala Editor