BMB HOLDING Qozoğistondagi investitsiya forumida yangi hamkorlik imkoniyatlarini örgandi
Biznes
BMB HOLDING investitsiya loyihalarini konsalting bilan qöllab-quvvatlaş departamenti direktori Bobir Yaxyayev 22-oktabr kuni Şimkent şahrida ötkazilgan IX xalqaro Kazakhstan Global Investment Roundtable (KGIR-2026) forumida iştirok etdi. U xalqaro kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar ötkazib, qöşma investitsiya loyihalari istiqbollarini muhokama qildi.
Qozoğiston taşqi işlar vazirining rasmiy taklifiga binoan ötkazilgan forumda 40 dan ortiq mamlakatdan 500 nafardan ziyod investor, yirik kompaniyalar rahbarlari, moliya institutlari va davlat idoralari vakillari jam böldi. Forum mavzusi — “Barqarorlikdan ösiş sari: Qozoğistonning yangi investitsiya davri”. İştrokçilar investitsiya muhitini yaxşilaş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, qöşilgan qiymati yuqori işlab çiqarişni rivojlantiriş, raqamli iqtisodiyot va logistika infratuzilmasini kengaytiriş masalalarini körib çiqdi.
Forum doirasida Yaxyayev Tamasuk Holding Company boş ijroçi direktori Matthew Nathan, AMSA DIGITAL boş ijroçi direktori Amrik Sangha, Sistem Lojistik KZ kompaniyasining Qozoğistondagi direktori va Qozoğiston–Turkiya Biznes kengaşi raisi örinbosari Selami Avcı, Masdar boş operatsion direktori doktor Ibrahim Almansoori, Strarion Advisory asosçisi Anderson Çua, Sauran Bricks direktori Makhambet Kaisarbek hamda boşqa işbilarmonlar bilan uçraşdi.
Xorijiy hamkorlarga BMB HOLDING faoliyatining asosiy yönalişlari, amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari va hamkorlik imkoniyatlari taqdim etildi. Tomonlar Özbekistonning investitsiyaviy salohiyati, iqtisodiy islohotlar va turli sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.
Uçraşuvlar yakunida tomonlar muloqotni davom ettiriş, istiqbolli hamkorlik yönalişlarini örganiş va aniq takliflarni işlab çiqişga kelişib oldi. Xorijiy hamkorlar BMB HOLDING faoliyati va mamlakatdagi investitsiya imkoniyatlari bilan yaqindan tanişiş uçun Özbekistonga taklif etildi. KGIR-2026 uçraşuvlari xalqaro aloqalarni mustahkamlaş va qöşma investitsiya loyihalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor