BMB HOLDING va AI Automotiv Central Asia avtomobil sanoatidagi yangi loyihalarni muhokama qildi
Biznes
BMB HOLDING vakillari AI Automotiv Central Asia Trading Corporation bosh direktori Chen Jie bilan muzokaralar o‘tkazib, avtomobil sanoati, transport, logistika, investitsiyalar, turizm va konsalting yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
Tomonlar jahon avtomobil sanoatidagi zamonaviy tendensiyalar, jumladan elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishi, raqamli texnologiyalar hamda intellektual boshqaruv tizimlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, O‘zbekistonda innovatsion va energiya tejamkor avtomobillarga talab ortib borayotgani qayd etilib, servis xizmatlari, ehtiyot qismlar ta’minoti va sotuvdan keyingi xizmatlarni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Muzokaralarda AI Automotiv Central Asia Trading Corporation tomonidan Xitoy avtomobillarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib berish, dilerlik tarmog‘ini kengaytirish, servis infratuzilmasini rivojlantirish va mijozlarga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
BMB HOLDINGning turizm va konsalting sohalaridagi tajribasini inobatga olgan holda, mamlakatda turistik transport xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari, logistika infratuzilmasini takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar avtomobil sanoati, transport-logistika, turizm va konsalting yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli loyihalar bo‘yicha muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor